Davlat OTTlarida 2026/2027-öquv yilidan 11 ta yangi yönaliş joriy etiladi
2026/2027-öquv yilidan boşlab Özbekistondagi davlat oliy taʼlim taşkilotlarida abituriyentlar uçun 11 ta yangi bakalavriat taʼlim yönalişi joriy etilmoqda. Yönalişlar xorijiy tillar va tarjimonlik, moliya, yurisprudensiya, axborot texnologiyalari hamda sanoat sohalarini qamrab oladi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegişli buyruği bilan yangi yönalişlarga qabul qilişda topşiriladigan test sinovlari hamda kasbiy yoki ijodiy imtihon fanlari majmuasi ham tasdiqlandi.
Yangi yönalişlar va ular böyiça kiriş fanlari quyidagiça belgilangan:
- Xorijiy til va adabiyoti: xitoy tili (kod 60110900) — çet tili, ona tili va adabiyoti;
- Filologiya va tillarni öqitiş: puştu tili (kod 60230100) — çet tili, ona tili va adabiyoti;
- Tarjima nazariyasi va amaliyoti: hind tili (kod 60230200) — çet tili, ona tili va adabiyoti;
- Tarjima nazariyasi va amaliyoti: urdu tili (kod 60230200) — çet tili, ona tili va adabiyoti;
- Davlat auditi (kod 60411500) — matematika, çet tili;
- Islomiy moliya (kod 60411600) — matematika, çet tili;
- Islom iqtisodiyoti va moliyasi (kod 60411700) — matematika, çet tili;
- Xalqaro huquq va qiyosiy huquqşunoslik (kod 60421400) — huquqşunoslik fanlari, çet tili;
- Raqamli huquq (kod 60421500) — huquqşunoslik fanlari, çet tili;
- Sunʼiy intellekt va kiberxavfsizlik (kod 60611300) — matematika, fizika;
- Qurilış materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini işlab çiqariş (kod 60731100) — matematika, fizika.
Yangi taʼlim yönalişlari quyidagi davlat oliy taʼlim taşkilotlarida taşkil etilgan:
- Özbekiston milliy pedagogika universiteti;
- Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti;
- Termiz davlat universiteti;
- Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti;
- Buxoro davlat universiteti;
- Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi;
- Toşkent davlat yuridik universiteti;
- Toşkent axborot texnologiyalari universitetining Zarafşon fakulteti;
- Toşkent arxitektura-qurilış universiteti;
- Jizzax politexnika instituti;
- Qarşi davlat texnika universiteti;
- Qoraqalpoq davlat universiteti;
- Farğona davlat texnika universiteti.
Yangi yönalişlarning joriy etilişi abituriyentlarga mehnat bozorida talab yuqori bölgan mutaxassisliklarni tanlaş imkonini kengaytiradi. Xitoy, puştu, hind va urdu tillari böyiça mutaxassislar tayyorlaş mamlakatning xorijiy davlatlar bilan diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalarini rivojlantirişga xizmat qiladi, islomiy moliya, davlat auditi va islom iqtisodiyoti yönalişlari esa moliya tizimi uçun yangi könikmalarga ega kadrlar tayyorlaşga qaratilgan. Raqamli huquq, sunʼiy intellekt va kiberxavfsizlik yönalişlari texnologiyalar rivoji natijasida yuzaga kelayotgan yangi kasblar va mehnat bozori ehtiyojlariga moslaştirilgan.



