2025/2026-öquv yili uçun davlat stipendiyalari ğoliblari eʼlon qilindi
2025/2026-öquv yili uçun Prezident davlat stipendiyasi hamda ön bitta nomli davlat stipendiyasi ğoliblari eʼlon qilindi. Röyxatlar api-portal.gov.uz manzilidagi rasmiy hujjatlarda keltirilgan.

Ğoliblar röyxati har bir stipendiya böyiça alohida hujjat şaklida joylaştirilgan. Röyxatlardan biri Prezident davlat stipendiyasiga, qolganlari nomli davlat stipendiyalariga tegişli:
- Alişer Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi
- Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi
- Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi
- Uluğbek nomidagi davlat stipendiyasi
- Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyasi
- Imom al-Buxoriy nomidagi davlat stipendiyasi
- Ibroyim Yusupov nomidagi davlat stipendiyasi
- Tölepbergen Qaipbergenov nomidagi davlat stipendiyasi
- Bobur nomidagi davlat stipendiyasi
- Pahlavon Mahmud nomidagi davlat stipendiyasi
- Abdulla Avloniy nomidagi davlat stipendiyasi
Tanlovda iştirok etib, sovrindor bölmagan talabalar ham tegişli OTT rahbari tomonidan rağbatlantiriladi. Prezident davlat stipendiyasi talabgorlariga sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining uç baravari miqdorida bir martalik pul mablağı beriladi, nomli davlat stipendiyalari talabgorlari esa sertifikat va bazaviy stipendiya miqdorining ikki baravari miqdoridagi mablağ bilan mukofotlanadi.
Magistratura mutaxassisliklari böyiça Prezident davlat stipendiyasi ğoliblari alohida eʼlon qilinadi — ularning röyxati vazirlik hayʼatida tasdiqlangandan söng berib boriladi.



