YUTRIP agentligi 15-mart kuni Tovoqsoy kanyonlariga hiking sayohati o‘tkazadi
Tovoqsoy kanyonlari va sharsharalari bo‘ylab hiking sayohati 2026-yil 15-mart kuni o‘tkaziladi. Yo‘llanma narxi 150 000 so‘m, joylar soni 30 ta bilan cheklangan.
1 / 5Sayohat 2026-yil 15-mart kuni Toshkent viloyatining G‘azalkent hududida joylashgan Tovoqsoy kanyonlari va sharsharalariga uyushtiriladi. Yo‘lga chiqish ertalab soat 8:00 da boshlanadi, manzilgacha yo‘l taxminan bir soat davom etadi.
Yetib borgach adirliklar uzra hiking boshlanadi va yo‘l davomida to‘rt sharsharadan o‘tiladi, istalgan sharshara yonida toxtab dam olish mumkin. Hiking masofasi taxminan 8–10 kilometrni tashkil etadi, qiyinlik darajasi — o‘rta. Qaytish vaqti taxminan soat 17:00 ga belgilangan; havo ochiq bo‘lsa iftorlik sayohat joyida, aks holda Toshkentga qaytgach o‘tkaziladi.
Yo‘llanma narxi 150 000 so‘mni tashkil etadi. Unga quyidagi xizmatlar kiritilgan:
- borib-kelish transporti
- gid xizmati
- professional fotosessiya
- kirish to‘lovi
- sharsharaga ekskursiya
- karemat
- jamoaviy o‘yinlar
Shaxsiy xarajat va ovqatlanish narx tarkibiga kirmaydi. Joylar soni 30 ta bilan cheklangan, ro‘yxatdan o‘tish @yutrip_admin manzili orqali amalga oshiriladi.







