Shaxzod Suyarov O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetidagi boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi lavozimida faoliyat yuritadi.
Dissertatsiya “Kimyo sanoati korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida tayyorlangan. Ish 08.00.03 — Sanoat iqtisodiyoti ixtisosligi bo‘yicha himoya qilinadi, ilmiy rahbar — iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Begmullayev Otabek Irisaliyevich. Himoya haqida batafsil ma’lumot Oliy attestatsiya komissiyasining rasmiy sahifasida e’lon qilingan: https://oak.uz/pages/31593
Ma’lumot uchun, oliy ta’lim tashkilotlarida Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotiga Yoshlar yetakchisi boshchilik qiladi; u umumiy yig‘ilishda saylanadi va OTT rahbarining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi.