University of Business and Science filialida Ehsonjon Abduraximov Yoşlar yetakçisi etib saylandi
University of Business and Science Toşkent filiali direktorining yoşlar masalalari böyiça maslahatçisi, Özbekiston yoşlar ittifoqining filialdagi boşlanğiç taşkiloti Yoşlar yetakçisi etib Abduraximov Ehsonjon Abdulazizzoda saylandi.

Maʼlumot uçun, oliy taʼlim taşkilotlarida Özbekiston yoşlar ittifoqining boşlanğiç taşkilotiga Yoşlar yetakçisi boşçilik qiladi. U boşlanğiç taşkilotning umumiy yiğilişida saylanadi va OTT rahbarining yoşlar masalalari böyiça maslahatçisi hisoblanadi. Mahallalarda şu nomdagi lavozim Prezidentning 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qarori bilan joriy etilgan.
Saylovdan söng University of Business and Science Toşkent filialidagi boşlanğiç taşkilotga Ehsonjon Abduraximov boşçilik qiladi. Lavozim doirasida u direktorning yoşlar masalalari böyiça maslahatçisi sanaladi.



