Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti filialida Og‘abek Qaxramonov Yoshlar yetakchisi etib saylandi
Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahridagi filialida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining filialdagi boshlang‘ich tashkiloti Yoshlar yetakchisi etib Qaxramonov Og‘abek Sanjar o‘g‘li saylandi. U ayni vaqtda rektorning yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimini egallaydi.

Ma’lumot uchun, Yoshlar yetakchisi lavozimi mahallalarda Prezidentning 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qarori bilan joriy etilgan. Oliy ta’lim tashkilotlarida esa bu lavozim egasi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotiga boshchilik qiladi, umumiy yig‘ilishda saylanadi va tashkilot rahbarining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi.
Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahridagi filialidagi boshlang‘ich tashkilot faoliyati Og‘abek Qaxramonov zimmasiga yuklandi. U rektorning yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi sifatida ham faoliyat ko‘radi.



