Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv universitetida Shaxzodjon Pulatov Yoshlar yetakchisi etib saylandi
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining universitetdagi boshlang‘ich tashkiloti Yoshlar yetakchisi etib Pulatov Shaxzodjon Siyovush o‘g‘li saylandi. U ayni vaqtda rektorning yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimini egallaydi.

Ma’lumot uchun, Yoshlar yetakchisi lavozimi mahallalarda Prezidentning 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qarori bilan joriy etilgan. Oliy ta’lim tashkilotlarida esa bu lavozim egasi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotiga boshchilik qiladi, umumiy yig‘ilishda saylanadi va tashkilot rahbarining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi.
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetidagi boshlang‘ich tashkilot faoliyati Shaxzodjon Pulatov zimmasiga yuklandi. U rektorning yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi sifatida ham faoliyat ko‘radi.



