2026-yil 14-oktabr kuni Toşkent xalqaro ijtimoiy innovatsiyalar universitetida Özbekiston yoşlar ittifoqi boşlanğiç taşkilotining ilk yiğilişi böldi. Yiğilişda Baxodirov Şavkatjon Toxirjon öğli universitet rektorining yoşlar masalalari böyiça maslahatçisi, Ittifoqning universitetdagi boşlanğiç taşkiloti Yoşlar yetakçisi etib saylangani maʼlum qilindi va u talaba-yoşlarga rasman taniştirildi.
Maʼlumot uçun, oliy taʼlim taşkilotlarida boşlanğiç taşkilotga Yoşlar yetakçisi boşçilik qiladi: u umumiy yiğilişda saylanadi va OTT rahbarining yoşlar masalalari böyiça maslahatçisi hisoblanadi. Mahallalarda bu lavozim Prezidentning 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qarori bilan joriy etilgan.
Yiğiliş davomida boşlanğiç taşkilot Yoşlar kengaşi aʼzolariga işonç yorliqlari topşirildi. Qatnaşçilar 2026–2027-öquv yilidan faoliyatini boşlagan universitetning moddiy-texnik bazasi, infratuzilmasi hamda talabalar uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi.