Toshkent shahridagi Inha universitetida Xondamir Najmiddinov Yoshlar yetakchisi etib saylandi
Toshkent shahridagi Inha universiteti rektorining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining universitetdagi boshlang‘ich tashkiloti Yoshlar yetakchisi etib Najmiddinov Xondamir Kamoliddinovich saylandi.

Ma’lumot uchun, oliy ta’lim tashkilotlarida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotiga Yoshlar yetakchisi boshchilik qiladi. U boshlang‘ich tashkilotning umumiy yig‘ilishida saylanadi va OTT rahbarining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi. Mahallalarda shu nomdagi lavozim Prezidentning 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qarori bilan joriy etilgan.
Saylovdan so‘ng Toshkent shahridagi Inha universitetidagi boshlang‘ich tashkilotga Xondamir Najmiddinov boshchilik qiladi. Lavozim doirasida u rektorning yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi sanaladi.



