Toşkent menejment va iqtisodiyot instituti boşlanğiç taşkiloti taşabbusi bilan institutda “Red Bull Wings Cup” kibersport turniri taşkil etildi. Turnir institut va “Red Bull” kompaniyasi hamkorligida ötkazildi.
EA SPORTS FC 27 kompyuter öyini böyiça ötkazilgan saralaş bosqiçida 50 nafarga yaqin talaba qatnaşib, öz mahorati, tezkorligi va strategik fikrlaş qobiliyatini namoyon etdi.
Turnir talabalarga özaro kuç sinaşiş bilan birga kibersportga bölgan qiziqiş va salohiyatini körsatiş imkonini berdi. Bunday musobaqalar yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş hamda raqamli sport turlarini rivojlantirişga xizmat qiladi.