Kimyo-texnologiya institutida Yoşlar kengaşi aʼzolari bilan uçraşuv ötkazildi
Toşkent kimyo-texnologiya institutida Yoşlar yetakçisi Murodjon Böriyev va Özbekiston yoşlar ittifoqi boşlanğiç taşkiloti Yoşlar kengaşi aʼzolari bilan uçraşuv böldi.
1 / 6Toşkent kimyo-texnologiya institutida institut Yoşlar yetakçisi Murodjon Böriyev hamda Özbekiston yoşlar ittifoqi boşlanğiç taşkiloti Yoşlar kengaşi aʼzolari bilan uçraşuv ötkazildi.
Maʼlumot uçun, Özbekiston yoşlar ittifoqi 2017-yil 30-iyun kuni “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida tuzilgan. Ustavga köra Ittifoqning oliy organi Qurultoy, boşqaruv organlari Markaziy Kengaş va uning Ijroiya qömitasi hisoblanadi, hududiy kengaşlar tarkibidagi taşkilotlarda esa boşlanğiç taşkilotlar faoliyat yuritadi.
Uçraşuvda quyidagi masalalar yuzasidan fikr almaşildi:
- boşlanğiç taşkilotning bugungi faoliyati
- talaba-yoşlar bilan işlaş tartibi
- mavjud muammolar
- yangi taşabbuslar va kelgusi rejalar
Suhbatda Yoşlar kengaşi aʼzolarining fikr va takliflari tinglandi, kelgusida eʼtibor qaratiş lozim bölgan yönaliişlar belgilandi. Uçraşuvda boşlanğiç taşkilotlar faoliyati tadbirlar bilan çeklanib qolmasligi, har bir talaba hayotida amaliy natija beriş lozimligi taʼkidlandi.
Yoşlar kengaşi boşlanğiç taşkilotning asosiy tayançi hisoblanadi. Uçraşuvda har bir kengaş aʼzosi öziga biriktirilgan yönaliş böyiça masʼuliyatni his qiliş, talabalar bilan muntazam muloqot olib boriş va ularning takliflarini amaliy taşabbuslarga aylantiriş zarurligi qayd etildi.








