Yuridik universitetda birinçi kurs talabalariga klublar körgazmasi taqdim etildi
Toşkent davlat yuridik universitetida Özbekiston yoşlar ittifoqining boşlanğiç taşkiloti birinçi kurs talabalari bilan uçraşuv hamda universitetda faoliyat yuritayotgan klublar körgazmasini taşkil etdi.
1 / 6Uçraşuvda yangi öquv yilini boşlagan birinçi kurs talabalari iştirok etdi. Tadbir doirasida universitetda faoliyat yuritayotgan klublarning körgazmasi namoyiş qilindi.
Talabalarga Özbekiston yoşlar ittifoqi va universitetdagi boşlanğiç taşkilot faoliyati, uning iş yönalişlari hamda amalga oşirilayotgan loyihalar haqida maʼlumot berildi. Şuningdek, talabalar uçun yaratilgan imkoniyatlar batafsil tuşuntirildi.
Tadbirda taşabbuskor va iqtidorli talabalarni aniqlaşga eʼtibor qaratildi. Bunday talabalarni Özbekiston yoşlar ittifoqi faoliyatiga jalb etiş hamda ularning universitet hayotidagi iştirokini taʼminlaş vazifa sifatida belgilandi.








