Mirshod Sobitov “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Yoshlar yetakchisi Mirshod Isoqjon o‘g‘li Sobitov ekologik yo‘nalishdagi faol tashabbuslari uchun “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Mukofotga Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Yoshlar yetakchisi Mirshod Isoqjon o‘g‘li Sobitov sazovor bo‘ldi. U mamlakatda ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda yoshlar orasida tabiatni asrash g‘oyalarini keng targ‘ib etish yo‘nalishidagi faol tashabbuslari uchun taqdirlandi. Ko‘krak nishoni, shuningdek, atrof-muhit muhofazasi va ko‘kalamzorlashtirish yo‘nalishidagi faoliyati uchun berildi.
Ma’lumot uchun, oliy ta’lim tashkilotlarida Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotiga Yoshlar yetakchisi boshchilik qiladi. U boshlang‘ich tashkilotning umumiy yig‘ilishida saylanadi va oliy ta’lim tashkiloti rahbarining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi.



