Şarqşunoslik universiteti rektori boşlanğiç taşkilot vakillari bilan uçraşuv ötkazdi
Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti rektori, professor Saodatxon Nasirova Özbekiston yoşlar ittifoqi boşlanğiç taşkiloti vakillari, klublar yetakçilari va faol talaba-yoşlar bilan uçraşdi.
1 / 6Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti rektori, professor Saodatxon Nasirova universitetdagi Özbekiston yoşlar ittifoqi boşlanğiç taşkiloti vakillari, klublar yetakçilari hamda faol talaba-yoşlar bilan uçraşuv ötkazdi. Uçraşuvda 2026–2027-öquv yilidagi loyiha va rejalar muhokama qilindi.
Maʼlumot uçun, Özbekiston yoşlar ittifoqi 2017-yil 30-iyun kuni “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida tuzilgan. Ustavga köra Ittifoqning oliy organi Qurultoy, boşqaruv organlari Markaziy Kengaş va uning Ijroiya qömitasi hisoblanadi; hududiy kengaşlar tarkibidagi taşkilotlarda, jumladan oliy taʼlim taşkilotlarida, boşlanğiç taşkilotlar faoliyat yuritadi.








