Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Talabalar bahori” festivali yakunlandi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan “Talabalar bahori” festivali yakunlariga bag‘ishlangan yakuniy tadbir o‘tkazildi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilgan “Talabalar bahori” festivalining yakunlariga bag‘ishlangan “Final party” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda festival davomida ishtirok etgan talabalar qatnashdi, festival natijalari sarhisob qilindi.
Ma’lumot uchun, 2017-yil 30-iyun kuni tuzilgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ustaviga ko‘ra hududiy kengashlar hamda tashkilotlarda boshlang‘ich tashkilotlar faoliyat yuritadi. Ittifoqning oliy organi Qurultoy, doimiy faoliyat yurituvchi organlari esa Markaziy Kengash va uning Ijroiya qo‘mitasi hisoblanadi.



