TDIUda “Zakovat” turniri uchun saralash bahslari o‘tkazildi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti boshlang‘ich tashkiloti qoshidagi “Zakovat” klubi intellektual turnirning bahorgi mavsumi uchun saralash bahslarini o‘tkazdi.
1 / 6Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti boshlang‘ich tashkiloti qoshidagi “Zakovat” klubi intellektual turnirning bahorgi mavsumi uchun saralash bahslarini o‘tkazdi.
1 / 6Bahslar O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi boshlang‘ich tashkiloti qoshidagi “Zakovat” klubi tomonidan tashkil etildi. Saralash turnirning yangi mavsumi ishtirokchilarini aniqlashga qaratildi.
Tadbir yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, mantiqiy fikrlash va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida o‘tkazildi.
Ma’lumot uchun, oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlarida hamda hududiy Yoshlar markazlarida “Zakovat” intellektual klublari faoliyati Prezidentning 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qarori asosida yo‘lga qo‘yilgan. O‘sha hujjatga ko‘ra o‘yinning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalarga “Zakovat” stipendiyasi to‘lanadi.