Iqtisodiyot universitetida Yoşlar kengaşi aʼzolariga işonç yorliqlari topşirildi
Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida boşlanğiç taşkilotning 2025–2026-öquv yilidagi faoliyati yuzasidan hisobot yiğilişi ötkazildi va yiğiliş davomida Yoşlar kengaşi aʼzolariga işonç yorliqlari topşirildi.
1 / 6Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida Özbekiston yoşlar ittifoqi boşlanğiç taşkilotining 2025–2026-öquv yilidagi faoliyati yuzasidan hisobot yiğilişi böldi. Yiğiliş davomida universitet boşlanğiç taşkiloti Yoşlar kengaşi aʼzolariga işonç yorliqlari topşirildi.
Maʼlumot uçun, Özbekiston yoşlar ittifoqi 2017-yil 30-iyun kuni “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida tuzilgan. Ustavga köra Ittifoqning oliy organi Qurultoy, boşqaruv organlari Markaziy Kengaş va uning Ijroiya qömitasi bölib, hududiy kengaşlar tarkibidagi taşkilotlarda boşlanğiç taşkilotlar faoliyat yuritadi.
Yoşlar kengaşi aʼzolari zimmasiga talaba-yoşlarning manfaatlarini ifodalaş, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda universitetda yoşlar bilan işlaşni taşkil etiş vazifalari yuklatilgan.








