Iqtisodiyot va transport universitetlarida talabalarga targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Toshkent davlat transport universitetida birinchi kurs talabalari uchun “1-kurs maktabi” va “Tanishtiruv haftaligi” doirasida targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
1 / 6Uchrashuvlarni O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim tashkilotlaridagi boshlang‘ich tashkilotlari a’zolari olib bormoqda. Tadbirlar yangi o‘quv yilini boshlagan birinchi kurs talabalari uchun o‘tkazilmoqda.
Yangi talabalarga yoshlar tashkilotining maqsad va vazifalari, boshlang‘ich tashkilot faoliyati hamda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot berilmoqda. Talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar alohida tushuntirilmoqda.
Uchrashuvlarda tashabbuskor va ijtimoiy faol talabalarni aniqlashga e’tibor qaratilmoqda. Ularni yoshlar tashkiloti faoliyatiga jalb etish hamda talabalik davrini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.








