Soliq oliy maktabida Muhammadaziz Olimbayev Yoshlar yetakchisi etib saylandi
Soliq oliy maktabi rektorining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy maktabdagi boshlang‘ich tashkiloti Yoshlar yetakchisi etib Olimbayev Muhammadaziz G‘ulomjon o‘g‘li saylandi.

Ma’lumot uchun, oliy ta’lim tashkilotlarida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotiga Yoshlar yetakchisi boshchilik qiladi. U boshlang‘ich tashkilotning umumiy yig‘ilishida saylanadi va OTT rahbarining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi. Mahallalarda shu nomdagi lavozim Prezidentning 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qarori bilan joriy etilgan.
Saylovdan so‘ng Soliq oliy maktabidagi boshlang‘ich tashkilotga Muhammadaziz Olimbayev boshchilik qiladi. Lavozim doirasida u rektorning yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi sanaladi.



