Şarqşunoslik universitetida “Zakovat QUIZ” intellektual öyini ötkazildi
Toşkent davlat şarqşunoslik universitetida Özbekiston yoşlar ittifoqi boşlanğiç taşkiloti jamoasi taşabbusi bilan “Musiqalar” mavzusida “Zakovat QUIZ” intellektual öyini ötkazildi; unda 150 ga yaqin jamoa iştirok etdi.
1 / 6Maʼlumot uçun, Prezidentning 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qarori bilan “Zakovat” öyinini aholi örtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantiriş çora-tadbirlari belgilangan. Qarorga muvofiq oliy va kasbiy taʼlim taşkilotlarida hamda hududiy Yoşlar markazlarida “Zakovat” intellektual klublari faoliyati yölga qöyiladi, respublika bosqiçi ğoliblari bölgan talabalarga esa “Zakovat” stipendiyasi tölanadi.
Universitetdagi bellaşuv “Musiqalar” mavzusiga bağişlandi. Loyiha qamrovida universitetning 700 nafardan ortiq birinçi kurs talabasi iştirok etdi.
Öyin yakunlariga köra birinçi örinni “Glowing up” jamoasi egalladi. Ikkinçi örin “Şoptoli qoqi”, uçinçi örin esa “Tafakkur” jamoasiga berildi.








