Uçraşuv institut talabalari uçun mutasaddi taşkilotlar vakillari iştirokida taşkil etildi. Unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy taʼlim taşkilotlari departamenti boşliği Abdusamat Mamanazarov, “Özmilliybank” aksiyadorlik jamiyati Kelajakka qadam markazi direktori Elmurod Xoşimov, markazning loyiha kuratori Firdavs Akmalov hamda institutning birinçi prorektori Baxtiyor Nasimov qatnaşdi.
Suhbat, avvalo, taʼlim sifatini oşiriş, zamonaviy bilim va könikmalarni şakllantiriş hamda amaliyotga yönaltirilgan taʼlim tizimini keng joriy etiş masalalaridan boşlandi. Talabalarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan uyğunlaştiriş, işlab çiqariş korxonalari bilan hamkorlikni kuçaytiriş orqali raqobatbardoş mutaxassislar tayyorlaş zarurligi taʼkidlandi.
Uçraşuvning ikkinçi qismi yoşlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qiliş masalasiga bağişlandi. Qatnaşçilarga startap ğoyalarini qöllab-quvvatlaş, biznes taşabbuslarini moliyalaştiriş va mentorlik tizimini yölga qöyiş böyiça olib borilayotgan işlar hamda “Kelajakka qadam” dasturi doirasidagi imkoniyatlar haqida maʼlumot berildi.
Alohida yönaliş sifatida bitiruvçilar bandligini taʼminlaş masalasiga töxtalib ötildi. Bitiruvçilarni korxonalar bilan boğlaş, ularni mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasblarga yönaltiriş hamda iş beruvçilar bilan tizimli hamkorlikni kuçaytiriş böyiça vazifalar belgilandi. Tadbir yakunida talaba-yoşlarning fikr va takliflari tinglanib, ularni amaliyotga joriy etiş yuzasidan tavsiyalar berildi.