To‘qimachilik institutida rahbarlar talaba-yoshlar bilan ochiq uchrashuv o‘tkazdi
2026-yil 12-mart kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Xayrulla Sattarov ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
1 / 6Uchrashuv 2026-yil 12-mart kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tashkil etildi. Institutda bu shakldagi muloqotlar talaba-yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tizimli ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Navbatdagi uchrashuvda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Xayrulla Sattarov, Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, tuman prokurori Bekzod Shamshiyev, tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Alisher Murodov, tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i Jamshid Ergashov hamda institut prorektorlari ishtirok etdi.
Muloqot davomida yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, talaba-yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar yuzasidan fikr almashildi. Yoshlarning bandligini ta’minlash, huquqiy savodxonligini oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda salbiy illatlarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mas’ul rahbarlardan batafsil javob oldi.








