Taqdirlash marosimi 2026-yil 5-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida, Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazildi.
Sovg‘alar Toshkent shahar prokurori Anvar O‘rmonov hamda Yunusobod tumani hokimi Abrorxo‘ja Saidaliyev tomonidan topshirildi. Esdalik sovg‘alari o‘qishda yuqori natijalarga erishgan, jamoat ishlarida faol ishtirok etayotgan hamda ilmiy va ijodiy yutuqlari bilan ajralib turgan talabalarga berildi.
Tadbir davomida yoshlarning bilim olish yo‘lidagi intilishi, tashabbuskorligi va ijtimoiy faolligi alohida ta’kidlandi. Marosim talabalarning ilm-fan, innovatsiya va jamoat ishlaridagi ishtirokini oshirish maqsadida uyushtirildi.