Axborot texnologiyalari universitetida prokuror va hokim talabalar savollariga javob berdi
2026-yil 5-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Toshkent shahar prokurori Anvar O‘rmonov va Yunusobod tumani hokimi Abrorxo‘ja Saidaliyev ishtirokida “Rahbarlar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
1 / 6Uchrashuv 2026-yil 5-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ochiq muloqot shaklida tashkil etildi. Unda Toshkent shahar prokurori Anvar O‘rmonov, Yunusobod tumani hokimi Abrorxo‘ja Saidaliyev hamda tuman hokimligi va prokuratura organlari xodimlari ishtirok etdi. Muloqotda universitetning faol talabalari qatnashdi.
Uchrashuv haftaning payshanba kuni nishonlanadigan Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazildi. Suhbat davomida yoshlarning fikr-mulohazalari, tashabbuslari hamda ularni bezovta qilayotgan masalalar tinglandi.
Muloqotda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, huquqiy madaniyatini yuksaltirish va tashabbuslarini rag‘batlantirish masalalariga e’tibor qaratildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mas’ul rahbarlardan batafsil javob oldi. Uchrashuv yoshlar va davlat organlari o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, talabalarning taklif va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.








