2026-yil 26–31-oktabr kunlari Ozarbayjon Respublikasida Özbekiston va Ozarbayjon yoşlari örtasidagi döstlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlaşga qaratilgan xalqaro yoşlar almaşinuvi dasturi böldi. Dasturda Özbekiston yoşlari vakili sifatida Özbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorining yoşlar masalalari böyiça maslahatçisi, universitet boşlanğiç taşkiloti Yoşlar yetakçisi Islomova Sevinç Botirjonovna qatnaşdi.
Dasturdan közlangan maqsad ikki davlat örtasidagi döstlik va ittifoqçilik munosabatlarini rivojlantiriş, yoşlar siyosati sohasidagi ilğor tajribalarni örganiş, yoşlar taşkilotlari örtasida amaliy hamkorlik aloqalarini kengaytiriş hamda qöşma taşabbuslar uçun imkoniyat yaratişdan iborat böldi. Tadbirlar Boku, Guba va Gusar şaharlarida ötkazildi.
Iştirokçilar Boku şahar yoşlar va sport boşqarmasida taşkil etilgan uçraşuvda qatnaşib, yoşlar bilan işlaş yönalişidagi faoliyat bilan tanişdi. Şuningdek, Boku yoşlar markazi hamda Ozarbayjon Talaba Yoşlar Taşkilotlari Ittifoqi bilan uçraşuvlar ötkazilib, talabalar taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va yoşlarning ijtimoiy faolligini oşiriş borasida tajriba almaşildi.
Dastur doirasida quyidagi maskanlar faoliyati bilan tanişildi:
- “SABAH.city” innovatsion kampusi
- DOST inklyuziv rivojlaniş va ijod markazi
- Fuzuliy şahridagi Mirzo Uluğbek nomidagi 1-sonli örta maktab
- Qorabağ universiteti
Dasturning madaniy-maʼrifiy qismida iştirokçilar umummilliy lider Haydar Aliyev haykalini ziyorat qildi, Boku şahrining tarixiy qismi — Eski şahar, Qiz minorasi va Şirvonşohlar saroyi bilan tanişdi. Markaziy botanika boği, Haydar Aliyev markazi, Ozarbayjon Milliy tarixi muzeyi va Milliy gilam muzeyiga taşrif buyurildi, Vatan uruşi yodgorlik majmuasi hamda Harbiy sovrinlar boği körildi, Şuşa şahri va Xonkendidagi Ğalaba boğiga sayohat uyuştirildi.
Almaşinuv dasturi yoşlar siyosati sohasidagi xorijiy tajribani örganiş, xalqaro aloqalarni kengaytiriş hamda talabalar örtasida yangi hamkorlik taşabbuslarini ilgari suriş imkonini berdi.