“1 kitob – 1000 do‘st” loyihasi Qoraqalpog‘istondagi maktabda o‘tkazildi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan “Do‘stlik festivali” doirasida 43-sonli umumta’lim maktabida “1 kitob – 1000 do‘st” loyihasi o‘tkazildi.
1 / 6Loyihani O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbus qildi. Tadbir Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilayotgan “Do‘stlik festivali” doirasida tashkil etildi.
Mashg‘ulot Qo‘ng‘irot tumanidagi 43-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi va kitobxonlik yo‘nalishiga bag‘ishlandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ustaviga ko‘ra tashkilotlarda, shu jumladan oliy ta’lim tashkilotlarida boshlang‘ich tashkilotlar faoliyat yuritadi. Hududlardagi ishni hududiy kengashlar muvofiqlashtiradi, ittifoqning oliy organi esa Qurultoy hisoblanadi.








