Pedagogika universitetida “Munozara” o‘yinining universitet bosqichi o‘tkazildi
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti boshlang‘ich tashkiloti talabalar o‘rtasida “Munozara” intellektual o‘yinining universitet bosqichini o‘tkazdi.
1 / 6Bosqich universitetning Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan tashkil etildi va unda universitet talabalari qatnashdi.
Ma’lumot uchun, “Munozara” intellektual debat turniri O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida o‘tkaziladi. Har bir jamoa uch nafar ishtirokchidan iborat bo‘ladi, turnir esa oliy ta’lim tashkiloti, hududiy va respublika bosqichlari tartibida boradi.
Universitet bosqichi turnirning birinchi po‘g‘onasi hisoblanadi.








