Milliy universitet va Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari onlayn muloqot o‘tkazdi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan “Tengdoshdan tengdoshga” loyihasi doirasida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari ishtirokida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.
1 / 6Muloqotni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashkil etdi. Unga ikki oliy ta’lim tashkiloti talabalari masofaviy tarzda birikdi va suhbat “Tengdoshdan tengdoshga” loyihasi doirasida olib borildi.
Uchrashuvda universitetning birinchi prorektori Tunis Xojiyev, boshlang‘ich tashkilot yetakchilari, universitet koordinatorlari, fakultet yetakchilari hamda talabalar ishtirok etdi. Qatnashchilar o‘zaro fikr almashdi, tashkilotchilik tajribasi va yangi tashabbuslari bilan o‘rtoqlashdi.
Ochiq ruhda o‘tgan suhbat ikki universitet yoshlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.








