Millat umidi universitetida Yusufbek Iskandarov Yoshlar yetakchisi etib saylandi
Millat umidi universiteti rektorining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining universitetdagi boshlang‘ich tashkiloti Yoshlar yetakchisi etib Iskandarov Yusufbek Ravshanbekovich saylandi.

Ma’lumot uchun, oliy ta’lim tashkilotlarida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotiga Yoshlar yetakchisi boshchilik qiladi. U boshlang‘ich tashkilotning umumiy yig‘ilishida saylanadi va OTT rahbarining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi. Mahallalarda shu nomdagi lavozim Prezidentning 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qarori bilan joriy etilgan.
Saylovdan so‘ng Millat umidi universitetidagi boshlang‘ich tashkilotga Yusufbek Iskandarov boshchilik qiladi. Lavozim doirasida u rektorning yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi sanaladi.



