Millat umidi universitetidagi “Zakovat” uchrashuvida “Yevgenika” jamoasi g‘olib chiqdi
Millat umidi universitetida turli oliy ta’lim tashkilotlari jamoalari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yinining o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi; g‘olib — universitetning “Yevgenika” jamoasi.
1 / 6Universitetlararo o‘rtoqlik uchrashuvi Millat umidi universitetining Students Parliament jamoasi tomonidan mehmon universitetlar ishtirokida tashkil etildi. Bellashuvda jamoalar jamoaviy ishlash mahoratini namoyish etdi.
Ma’lumot uchun, oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlarida hamda hududiy Yoshlar markazlarida “Zakovat” intellektual klublari faoliyati Prezidentning 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qarori asosida yo‘lga qo‘yilgan.
Uchrashuv yakunida birinchi o‘rinni Millat umidi universitetining “Yevgenika” jamoasi egalladi. Ikkinchi o‘rin KIUT universitetining “KIUT” jamoasiga, uchinchi o‘rin esa o‘sha tashkilotning “Oculus” jamoasiga nasib etdi.








