Pedagogika universiteti yoşlari yangi öquv yili rejalarini rektorga taqdim etdi
2026-yil 9-iyul kuni Nizomiy nomidagi Özbekiston milliy pedagogika universiteti boşlanğiç taşkiloti 2026/2027-öquv yili uçun işlab çiqilgan rejalar va takliflarni universitet rektori Hilola Umarovaga taqdimot şaklida namoyiş etdi.
1 / 6Universitet rektori Hilola Umarova Yoşlar ittifoqi boşlanğiç taşkiloti faollari bilan muloqot qildi. Taqdimotda yangi öquv yili uçun işlab çiqilgan rejalar, talabalarni qöllab-quvvatlaş, bölajak pedagoglarning kasbiy salohiyati, liderlik könikmalari va ijtimoiy faolligini oşirişga qaratilgan takliflar bayon etildi.
Muloqot davomida yoşlar ilgari surgan taşabbuslarni amaliyotga tatbiq etiş böyiça aniq vazifalar belgilandi. Xususan, yangi öquv yilidan “Top-100 start-up yoş pedagoglar”, “Summer Camp” va “Yangi avlod pedagoglari” loyihalarini amalga oşiriş, talabalarning innovatsion ğoyalari hamda startap taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş çoralari köriladi.








