Transport universitetida “Sharaf lentasi”ni ulashish aksiyasi o‘tkazildi
Toshkent davlat transport universiteti boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan 2026-yil 8-may kuni “Sharaf lentasi”ni ulashish aksiyasi tashkil etildi. Tasmalar professor-o‘qituvchilar va talabalarga tarqatildi.
1 / 6Toshkent davlat transport universiteti O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan 2026-yil 8-may kuni “Sharaf lentasi”ni ulashish aksiyasi o‘tkazildi. 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i aks ettirilgan milliy ruhdagi tasmalar universitet professor-o‘qituvchilari hamda talabalarga tarqatildi.
Tashabbus orqali yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va ajdodlar xotirasiga ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlash maqsad qilindi. Aksiya davomida volontyor talabalar faol ishtirok etdi.








