2026-yil 3-mart kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Zakovat Quiz” intellektual musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Bellashuv institut tarixida ilk bor tashkil etildi.
Ma’lumot uchun, Prezidentning 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qarori bilan “Zakovat” o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish chora-tadbirlari belgilangan. Qarorga muvofiq oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlarida hamda hududiy Yoshlar markazlarida “Zakovat” intellektual klublari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Musobaqa institut boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan, Iqtisodiyot fakulteti Yoshlar ittifoqi tomonidan uyushtirildi. Bellashuv natijalari quyidagicha yakunlandi:
- 1-o‘rin — Authority jamoasi;
- 2-o‘rin — Тишина jamoasi;
- 3-o‘rin — Hogwarts jamoasi.
Tashkilotchilarning izohiga ko‘ra, loyiha talabalarning bilim salohiyatini namoyon etishi uchun maydon yaratdi.