Summer Camp oromgohida liderlik va tadbir tashkil etish bo‘yicha trening o‘tkazildi
2026-yil 3-iyul kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti boshlang‘ich tashkiloti a’zolari uchun tashkil etilgan “Summer Camp — 2026” oromgohida “Liderlik xususiyatlari va tadbirlarni tashkil etish bosqichlari” mavzusida trening bo‘lib o‘tdi.
1 / 6
“Liderlik xususiyatlari va tadbirlarni tashkil etish bosqichlari” mavzusidagi trening
Trening oromgoh dasturining navbatdagi mashg‘uloti sifatida 3-iyul kuni o‘tkazildi va universitet boshlang‘ich tashkiloti a’zolariga mo‘ljallandi.
Mashg‘ulotda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi raisi Shukurulloxon Anvarov ishtirok etdi. U yoshlarda liderlik ko‘nikmalarini shakllantirish, jamoa bilan ishlash, tashabbuslarni ilgari surish hamda tadbirlarni bosqichma-bosqich tashkil etish bo‘yicha tavsiyalarini bildirdi.