O‘zDJTUda Zulfiya tavalludining 111 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
2026-yil 27-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida shoira Zulfiya tavalludining 111 yilligiga bag‘ishlangan “Bahor va vafo kuychisi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
1 / 62026-yil 27-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida atoqli shoira Zulfiya Isroilova tavalludining 111 yilligiga bag‘ishlangan “Bahor va vafo kuychisi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir universitetning Xotin-qizlar maslahat kengashi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan, fakultetlardagi “Qizlarjon” va “Lider qizlar” klublari koordinatorlari hamkorligida tashkil etildi. Undan ko‘zlangan maqsad talaba-yoshlarda adabiyot va san’atga qiziqishni oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi.
Tadbirni universitetning yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sadiyev Valijon Alijonovich kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda Zulfiya ijodining ma’naviy merosdagi o‘rni haqida to‘xtaldi.
Dastur davomida shoira hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi, uning she’rlari asosidagi kuy-qo‘shiqlar talabalar tomonidan ijro etildi. Yakunda har bir fakultetning “Qizlarjon” va “Lider qizlar” klubi koordinatorlariga ishonch yorlig‘i topshirildi.








