Yuridik universitetida “Mutolaa” va “Ustoz AI” loyihalari taqdim etildi
2026-yil 26-oktabr kuni Toshkent davlat yuridik universitetida boshlang‘ich tashkilot tashabbusi bilan “Mutolaa”, “Ustoz AI” loyihalari hamda “Yashil tashabbuslar” jamg‘armasining taqdimoti o‘tkazildi.
1 / 6
Toshkent davlat yuridik universitetida loyihalar taqdimoti
Toshkent davlat yuridik universitetida 2026-yil 26-oktabr kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan “Mutolaa” va “Ustoz AI” loyihalari hamda “Yashil tashabbuslar” jamg‘armasining taqdimoti bo‘ldi.
Taqdimot talabalarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, zamonaviy ta’lim platformalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida tashkil etildi. Qatnashchilarga har bir loyihaning mazmuni va unda ishtirok etish tartibi tushuntirildi.