İqtisodiyot universitetida senatorlar bilan oçiq muloqot ötkazildi
20-yanvar kuni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida “Senator va yoşlar: Bugundan kelajakka” mavzusida oçiq muloqot bölib ötdi. Tadbirni Özbekiston yoşlar ittifoqi Toşkent şahar hududiy Kengaşi taşkil etdi.
1 / 6Uçraşuvda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati senatorlari Kalonov Rustam Abduhakimoviç hamda Ayubov Şavkat Abdullayeviç iştirok etdi. Muloqotga Özbekiston yoşlar ittifoqining universitetdagi boşlanğiç taşkiloti aʼzolari, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan yoşlar, jamoat taşkilotlari vakillari va Yoşlar parlamenti aʼzolari qatnaşdi.
Muhokama mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlarda yoşlarning örni, qonun ijodkorligi va parlament faoliyatida yoşlar iştiroki hamda yoşlar taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş mexanizmlari atrofida boldi.
Talabalar va faol yoşlar taʼlim sifati, bandlik masalalari, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş hamda hududlarda yoşlar bilan işlaş samaradorligini oşiriş yuzasidan takliflar bildirdi. Senatorlar körtarilgan masalalar böyiça izoh va amaliy tavsiyalar berdi.
Yoşlar parlamenti aʼzolari huquqiy madaniyatni yuksaltiriş, parlament nazorati jarayonlarida yoşlar iştirokini kengaytiriş va yoşlar taşabbuslarini tizimli qöllab-quvvatlaşga qaratilgan takliflarni ilgari surdi. Uçraşuv yakunida senatorlar yoşlarni bilimli, taşabbuskor va faol bölişga çaqirib, ularning fikr va takliflari doimo eʼtiborda bölişini taʼkidladi.








