Iqtisodiyot universiteti talabalariga Yoshlar ishlari agentligining mega loyihalari taqdim etildi
2026-yil 2-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Yoshlar ishlari agentligining mega loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi; taqdimot ochiq formatda talabalar e’tiboriga havola etildi.
1 / 6Taqdimot Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etildi. Loyihalar ochiq formatda talabalar e’tiboriga havola etildi.
Tadbir davomida har bir loyiha bo‘yicha aniq yo‘nalishlar, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda ishtirok etish mexanizmlari tushuntirib berildi. Talabalarga ro‘yxatdan o‘tish va tanlovlarda qatnashish tartibi alohida izohlandi.
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan quyidagi loyihalar taqdim etildi:
- Amaliyot Ofisi
- Karyera Maktabi
- TopCoach
- Wiki
- Mutoala
- Ustoz AI
- UzChess
- Wiki marafon
- “1000 kitob”
- Uz kombinator
Taqdimotda agentlikning boshqa innovatsion tashabbuslari ham ko‘rib chiqildi. Yakunda faol ishtirok etgan talabalarga maxsus vaucherlar topshirildi.








