Profi universitetida harbiy prokuratura ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi
2026-yil 17-fevral kuni Toshkent shahridagi Profi universitetida “Birgina tanlov – porloq kelajak yoxud ayanchli taqdir” nomi ostida ma’naviy-ma’rifiy va profilaktik tadbir tashkil etildi.
1 / 62026-yil 17-fevral kuni Toshkent shahridagi Profi universitetida “Birgina tanlov – porloq kelajak yoxud ayanchli taqdir” nomi ostida ma’naviy-ma’rifiy va profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Profi universiteti hamda Bektemir tumani hokimligi hamkorligida tashkil etildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi 2017-yil 30-iyun kuni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida tuzilgan. Tashkilot ustaviga ko‘ra uning boshqaruv organlari Qurultoy, Markaziy Kengash, Markaziy Kengashning Ijroiya qo‘mitasi va Markaziy taftish komissiyasidan iborat; hududiy kengashlar hamda tashkilotlarda esa boshlang‘ich tashkilotlar faoliyat yuritadi.
Universitet talabalari uchun o‘tkazilgan mashg‘ulotda huquqbuzarliklarning oldini olish va yoshlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.








