Pedagogika universitetida Azamat Abdulatipov Yoshlar yetakchisi etib saylandi
2026-yil 16-aprel kuni Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishida Abdulatipov Azamat Abdulaziz o‘g‘li Yoshlar yetakchisi etib saylandi.
1 / 6Hisobot-saylov yig‘ilishi 2026-yil 16-aprel kuni universitet boshlang‘ich tashkilotida o‘tkazildi. Unda universitet rektori Hilola Umarova, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi raisi Shukurulloxon Anvarov hamda talabalar ishtirok etdi.
Saylov natijalariga ko‘ra boshlang‘ich tashkilotning Yoshlar yetakchisi etib Abdulatipov Azamat Abdulaziz o‘g‘li saylandi.
Ma’lumot uchun, oliy ta’lim tashkilotlarida Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotiga Yoshlar yetakchisi boshchilik qiladi; u boshlang‘ich tashkilotning umumiy yig‘ilishida saylanadi va OTT rahbarining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi.
Tadbir so‘ngida fakultet va yo‘nalish koordinatorlariga “Ishonch yorliqlari” hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.








