Transport universitetidagi oçiq eşiklar kunida 300 nafardan ortiq yoş qatnaşdi
Toşkent davlat transport universiteti boşlanğiç taşkiloti taşabbusi bilan 2026-yil 14-may kuni “Payşanba – yoşlar kuni” doirasida “Oçiq eşiklar kuni” ötkazildi. Tadbirda akademik litsey, texnikum va maktab öquvçilari iştirok etdi.
1 / 6Toşkent davlat transport universitetida Özbekiston yoşlar ittifoqi boşlanğiç taşkiloti taşabbusi bilan 2026-yil 14-may kuni “Payşanba – yoşlar kuni” doirasida “Oçiq eşiklar kuni” taşkil etildi. Tadbirda universitet akademik litseyi, Toşkent transport texnikumi hamda maktab öquvçilaridan iborat 300 nafardan ortiq yoş iştirok etdi.
Taşrif davomida yoşlar universitet hayoti, taʼlim jarayonlari va talabalar uçun yaratilgan şart-şaroitlar bilan tanişdi. Universitet Yoşlar yetakçisi va Yoşlar Kengaşi aʼzolari öquvçilarga universitet infratuzilmasi, “Lu Ban” ustaxonasi, “Coworking” markazi, muzey hamda öquv poligonlarini körsatdi.
Öquvçilar lokomotiv va metropoliten simulyatorlari bilan taniştirildi. Şuningdek, mehmonlar yangi öquv binosi, zamonaviy auditoriyalar hamda talaba-qizlar va ona-bola xonalarida yaratilgan qulayliklarni körib çiqdi.








