Özbek tili va adabiyoti universitetida “Talabalikdan liderlikkaça” oçiq muloqoti ötkazildi
2026-yil 15-oktabr kuni Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida boşlanğiç taşkilot taşabbusi bilan “Talabalikdan liderlikkaça” mavzusida talaba-yoşlar iştirokida oçiq muloqot böldi.
1 / 6Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida 2026-yil 15-oktabr kuni Özbekiston yoşlar ittifoqi boşlanğiç taşkiloti taşabbusi bilan “Talabalikdan liderlikkaça” mavzusida oçiq muloqot taşkil etildi. Uçraşuv Ittifoqning universitetdagi boşlanğiç taşkiloti Yoşlar yetakçisi Eşbayeva Sevinçbonu Olim qizi iştirokida ötkazildi.
Maʼlumot uçun, oliy taʼlim taşkilotlarida Yoşlar ittifoqining boşlanğiç taşkilotiga Yoşlar yetakçisi boşçilik qiladi. U boşlanğiç taşkilotning umumiy yiğilişida saylanadi va OTT rahbarining yoşlar masalalari böyiça maslahatçisi hisoblanadi. Mahallalarda ayni şu lavozim Prezidentning 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qarori bilan joriy etilgan.
Muloqot yoşlarning yetakçilik salohiyatini rivojlantiriş, ijtimoiy faolligini oşiriş hamda talabalik davridanoq boşqaruv, taşkilotçilik va jamoaviy işlaş könikmalarini şakllantiriş maqsadida ötkazildi. Qatnaşçilar quyidagi masalalar yuzasidan fikr almaşdi:
- yetakçilik tuşunçasi va zamonaviy liderga xos fazilatlar
- masʼuliyatni öz zimmasiga oliş va mustaqil qaror qabul qiliş
- jamoani umumiy maqsad atrofida birlaştiriş
- talabalar örtasida muloqot örnatiş usullari
Uçraşuvda Yoşlar ittifoqining oliy taʼlim taşkilotlaridagi boşlanğiç taşkilotlari faoliyati, talabalar manfaatlarini ifodalaş, ularning istʼedodini yuzaga çiqariş, yangi loyihalar işlab çiqiş hamda ilmiy, ijodiy va ijtimoiy taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş imkoniyatlari haqida maʼlumot berildi.
Muloqot interaktiv tarzda taşkil etilib, talabalar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi, fikr va takliflarini bildirdi. Suhbatda talabalik davri nafaqat mutaxassislik böyiça bilim oliş, balki şaxs sifatida şakllaniş va kelgusi kasbiy faoliyatga tayyorgarlik bosqiçi ekani taʼkidlandi, yoşlarning ğoyalarini amaliy taşabbuslarga aylantiriş hamda universitet miqyosidagi loyihalarga jalb etiş masalalari muhokama qilindi.








