Mudofaa qo‘shinlarida Bobur tavalludining 543 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
1 / 6
Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari qo‘mondonligidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir
Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir buyuk sarkarda, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti hamda ijodiy merosiga bag‘ishlandi. Harbiy xizmatchilar uchun o‘tkazilgan mashg‘ulotda allomaning davlat boshqaruvi va adabiyot sohasidagi faoliyati haqida so‘z yuritildi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar qo‘shinlarda xizmat qilayotgan yoshlarning tarixiy meros haqidagi bilimini oshirish yo‘nalishida tashkil etiladi.