Yuldoshxon Appoxonov akademiya magistraturasiga davlat granti asosida tavsiya etildi
Appoxonov Yuldoshxon Ziyovadinovich Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining “Davlat boshqaruvi” magistratura mutaxassisligiga davlat buyurtmasi bo‘yicha davlat granti asosida tinglovchilikka tavsiya etildi.

Appoxonov Yuldoshxon Ziyovadinovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining “Davlat boshqaruvi” magistratura mutaxassisligiga davlat buyurtmasi bo‘yicha davlat granti asosida tinglovchilikka tavsiya etildi.
Bungacha u Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati brigadasidagi Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi sifatida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi 2017-yil 30-iyun kuni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida tuzilgan. Ittifoq ustaviga ko‘ra hududiy kengashlar tarkibidagi tashkilotlarda, jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bo‘g‘inlarida ham, boshlang‘ich tashkilotlar faoliyat yuritadi va ularga yetakchi boshchilik qiladi.



