Poytaxt oliygohlarida “1-kurs maktabi” va “Taniştiruv haftaligi” davom etmoqda
Toşkent şahridagi oliy taʼlim taşkilotlarida yangi öquv yili boşlangani munosabati bilan birinçi kurs talabalari uçun “1-kurs maktabi” hamda “Taniştiruv haftaligi” tadbirlari taşkil etilmoqda.
1 / 6Maʼlumot uçun, Özbekiston yoşlar ittifoqi 2017-yil 30-iyun kuni “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida tuzilgan bölib, ustaviga köra uning oliy organi Qurultoy hisoblanadi; taşkilotlar va oliy taʼlim taşkilotlarida esa boşlanğiç taşkilotlar faoliyat yuritadi.
Tadbirlarda aynan şu boşlanğiç taşkilotlar aʼzolari iştirok etmoqda. Ular yangi talabalarni oliygoh hayoti, talabalik imkoniyatlari, yoşlar taşkiloti faoliyati hamda amalga oşirilayotgan loyihalar bilan taniştirmoqda.
Uçraşuvlar talabalarning ijtimoiy faolligini oşiriş va ularni jamoaviy hayotga jalb etişga qaratilgan. Şu doirada yoşlarning taşabbus hamda ğoyalarini qöllab-quvvatlaş yuzasidan tarğibot va tuşuntiriş işlari olib borilmoqda.








