Yoşlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş

Mazkur yönaliş böyiça Kengaş yoşlarni Vatanga sadoqat va harbiy xizmatga hurmat ruhida tarbiyalaş, ularning jismoniy tayyorgarligini oşiriş böyiça işlarni kuç tuzilmalari, harbiy qismlar va muassasalar bilan hamkorlikda amalga oşiradi. Xususan, harbiy qismlarda öquv yiğinlari va oçiq eşiklar kunlari, harbiy-sport musobaqalari, yoş harbiylar forumlari hamda vatanparvarlik tarbiyasiga oid ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar ötkaziladi.

Yönaliş doirasida “Jasorat maktabi” öquv yiğini, Harbiy-sport musobaqalari va harbiylar bilan uçraşuvlar va “Yoş qutqaruvçi” musobaqasi amalga oşirilmoqda. Şuningdek, “Vatanparvar liderlar” loyihasi amalga oşirildi.

Matndagi xato

Siz belgilagan matn: