
Toshkent, 2026-yil 29-sentabr
Talaba va kursantlar o‘rtasida do‘stlik sport musobaqalari o‘tkazildi
25–26-sentabr kunlari Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan do‘stlik sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Unda 10 ta oliy va oliy harbiy ta’lim muassasasidan 340 nafar yosh sportchi qatnashdi.
Tadbir ikki tomonlama imzolangan hamkorlik memorandumlari ijrosi doirasida tashkil etildi. Musobaqada Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti, Jamoat xavfsizligi universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat transport universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Bojxona instituti, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi jamoalari ishtirok etdi.
Ikki kun davomida mini futbol, voleybol, arqon tortish va 100 metrga estafeta yugurish bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Musobaqalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hakamlari hamda Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Jismoniy tayyorgarlik va sport kafedrasi mutaxassislari nazorati ostida o‘tkazildi.
G‘olib jamoalarga Kengash va hamkor tashkilotlarning sovg‘alari, medallar, faxriy yorliqlar hamda kitoblar to‘plami topshirildi.
- 340yosh sportchi
- 10ta’lim muassasasi
- 4sport turi