
PRESS-RELIZAxborot xizmati
Toshkent, 2026-yil 8-oktabr
OTT yoshlar yetakchilarining yangi o‘quv yilidagi birinchi umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
7-oktabr kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Kengash poytaxtdagi oliy ta’lim tashkilotlari boshlang‘ich tashkilotlarining yoshlar yetakchilari uchun 2026/2027-o‘quv yilidagi birinchi umumiy yig‘ilishni o‘tkazdi.
Kengaytirilgan yig‘ilishda boshlang‘ich tashkilotlar oldida 2026/2027-o‘quv yilida turgan ustuvor maqsad va vazifalar belgilab olindi, ularning faoliyatini takomillashtirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.