O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi
OAV UCHUN ANONSAxborot xizmati

Oliy ta’lim tashkilotlari yoshlar yetakchilarining respublika forumi

Sana
9–11-oktabr
Manzil
Yoshlar oromgohi, Toshkent viloyati

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan o‘tkaziladigan forumda respublikadan 200 nafardan ortiq yoshlar yetakchisi, jumladan, Toshkent shahridagi 91 ta oliy ta’lim tashkilotining yoshlar yetakchilari qatnashadi.

Uch kunlik forumda yoshlar yetakchilarining huquq va majburiyatlari, faoliyatni samarali tashkil etish, shaxsiy brendni shakllantirish, notiqlik mahorati, zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish va yoshlar bilan ishlashning ilg‘or usullariga bag‘ishlangan seminar-treninglar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Forum doirasida “IELTS Marafon”, “Suvni birgalikda asraymiz”, “Yo‘lovchi” va “Kitob-top” loyihalari taqdimoti, hududlararo tajriba almashish, intellektual o‘yinlar, sport musobaqalari hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlar rejalashtirilgan.

  • 200+yoshlar yetakchisi
  • 91poytaxt OTTsidan yetakchilar

Kengash haqida

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi poytaxtdagi oliy ta’lim tashkilotlari, harbiy qismlar va muassasalardagi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi va ularning manfaatlarini ifodalaydi.

OAV uchun aloqa

Axborot xizmati bo‘limi
+998 71 246-10-80
info@yoshkent.uz

Batafsil: Barcha press-relizlar

Matndagi xato

Siz belgilagan matn: