
Toshkent, 2026-yil 8-oktabr
Toshkent shahrida “Hududiy koordinatorlar instituti” modeli joriy etiladi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi poytaxtdagi oliy ta’lim tashkilotlari yoshlar yetakchilari bilan ishni muvofiqlashtirish uchun yangi tashkiliy model — “Hududiy koordinatorlar instituti”ni joriy etmoqda.
Model doirasida Kengash qamrovidagi 98 ta oliy ta’lim tashkiloti hududiy joylashuviga ko‘ra 9 ta guruhga birlashtirildi, 10 nafar yoshlar yetakchisi hududiy koordinator etib belgilandi. Hududdagi tayanch oliy ta’lim tashkilotining yoshlar yetakchisi koordinator vazifasini bajaradi: biriktirilgan tashkilotlar yoshlar yetakchilarining hamkorligini muvofiqlashtiradi, istiqbolli tashabbuslarni birlashtiradi va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashadi.
Yangi institutning ustuvor yo‘nalishi — oliy ta’lim tashkilotlaridagi eng salohiyatli va tashabbuskor yoshlarni aniqlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda yirik loyihalarga jalb etish. Tashkilotlarning ixtisoslashuvi va ilmiy salohiyatidan kelib chiqib, bir nechta oliy ta’lim tashkiloti hamkorligida brend loyihalar yaratishga alohida e’tibor qaratiladi.
- 98oliy ta’lim tashkiloti
- 9hududiy guruh
- 10hududiy koordinator